"Australian Open-2017": Bushar muxlislariga quvonch ulashdi
Avstraliyaning Melburn shahrida davom etayotgan "Australian Open-2017" xalqaro turnirida kanadalik Ejeni Bushar dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritib, muxlislarini xushnud etdi.
Musobaqaning birinchi bosqichida Ejeni Bushar amerikalik Luiza Chirikoga qarshi kortga chiqdi. 22 yoshli tennischi raqibasiga nisbatan tajriba va mahorat bobida ustun ekanini birinchi setdayoq namoyish qildi. Uchrashuvni 6:0, 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan kanadalik sportchi keyingi davraga chiqdi.
Ejeni Bushar uchinchi raundga chiqish uchun xitoylik tajribali tennischi Pen Shuay bilan raqobatlashadi.
SPORTS.uz


Izohlar (0)