“Australian open-2017”: Melburndagi so‘nggi sensatsiya
"Katta dubulg‘a" turkumidagi Avstraliya ochiq chempionatining chorak final uchrashuvilaridan birida yana bir sensatsiyaon natija qayd etildi. Jahon reytingida 79-pog‘onada qayd etilgan xorvatiyalik Miryana Luchich-Baroni beshinchi raqamli chexiyalik tennischi Karolina Plishkovani musobaqadan chiqarib yubordi.
Bir soatu 47 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6:4, 3:6, 6:4 hisobi qayd etildi.
Miryana faoliyati davomida uchta, Karolina esa ettita turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Miryana Luchich-Baroni finalga chiqish uchun amerikalik mashhur tennischi Serenea Uilyams bilan raqobatlashadi.


Izohlar (0)