Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

“Australian open-2017”: Ustoz shogirdni ayamadi

Izohlar: 0
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlari yarim finalida ikki shveytsariyalik tennischi - Rojer Federer va Stanislas Vavrinka kuch sinashdi.

Uchrashuv ancha keskin va murosasiz ruhda o‘tdi. Dastlabki ikki setda tajribali Rojer Federer 7:5, 6:3 hisobida zafar quchdi. Keyingi ikki partiya yosh va baquvvat bo‘lgan Vavrinkaning 1:6, 4:6 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

hal qiluvchi raund oldidan ko‘pchilik Federerni toliqib qolganini ayta boshladi. Biroq, o‘z vaqtida jahonning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Rojer hali-beri yoshlarga yo‘l bo‘shatmasligini isbotladi. Tajribali tennischi oxirgi setda Vavrinkani 6:3 hisobida dog‘da qoldirdi.

Ilgari tennis masalasida Federerdan ko‘p narsa o‘rgangan Vavrinka esa ustozi hamon o‘zidan kuchli ekanini tan oldi va finalga o‘tkazib yubordi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q