Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Ayla Tomlyanovich finaldagi raqibini kutmoqda

Zohir2018
Izohlar: 0

Avstraliyalik tennischi Ayla Tomlyanovich Rabatda o‘tayotgan turnirning yarim finalida serbiyalik Aleksandra Krunichga qarshi kortga chiqdi.

"Grand Prix De SAR La Princesse Lalla Meryem" musobaqasining ushba uchrashuvida Ayla raqibini 7:5, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi Tomlyanovich turnirning finalida belgiyali Eliza Mertens, yoki Tayvan vakili Se Su-Vey bilan raqobatlashadi.

Sports.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q