Azar Ronaldudan keyingi revolyutsiyani boshlaydimi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Xulen Lopetegi Ronaldu klubda qolganida kamida 50 golga ega bo‘lgan bo‘lardi, biroq “Real” qiziqish bildirayotgan Azardan buni umuman kuta olmaydi. Sababi juda oddiy. Krishtianu Ronalduni osonlikcha hech kim o‘rnini bosa olmaydi. Quyida “Real”ga o‘tishi aniqlashib borayotgan Eden Azarning Madridda nima qila olishi borasida mulohaza yuritamiz.

Nima bo‘lishidan qat’iy nazar “Santyago Bernabeu”dagilar har mavsum kamida  gollik natijadan mosuvo bo‘lganini e’tirof etishimiz kerak. Zinedin Zidan qo‘li ostida jamoa Ronaldu kiritadigan gollarga juda bog‘lanib qoldi. O‘tgan mavsumda barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda portugaliyalik yulduz 44 gol urishga erishdi. U madridliklarning chap qanot hujumida nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin, biroq u er bilan cheklanib qolgani yo‘q.

Orqadan kelib hujumga qo‘shiladigan yoki uzoqdan kuchli zarba yo‘llaydigan Ronaldu allaqachon moziyga singib ketgan. U mohir hujumchiga aylangan va bu vazifani a’lo darajada bajarmoqda.

Uning o‘yini boshlangan hujumlarni yakunlash va aqlli yugurishga aylanib ulgurgan. Undanam ko‘prog‘i hujumning qolgan vakillari aynan unga yordamchilik qilish. Madridliklarning ikkinchi to‘purari 21 gol urgan Garet Beyl hisoblanadi. Uning Chempionlar Ligasi finalida urgan dubligina muhim ahamiyatga ega.

Yurgen Klopp shogirdlari o‘shanda Ronalduni “qurolsizlantirish”ning uddasidan chiqqandi. Biroq ular “qaymoqranglilar” hujum chizig‘ining boshqa bir vakili ham “jallod”ga aylanishini unutib qo‘yishdi. Ronaldu raqib jarima maydonchasiga kira olmasada, hujumdagi sheriklariga bo‘sh maydon yaratib bera olardi. Endi “qirollik klubi” bu xususiyatini ham butunlay yo‘qotdi.

Hozirgi futbolchilar orasida Ronaldu bajaradigan ish – raqib maydonchasida doimo hozir-u nozir bo‘lishni uddalaydiganlari sanoqli.

Ehtimol yangi bosh murabbiy Xulen Lopetegi Marko Asensioni chap qanotga joylashtirar. Aynan bu pozitsiyada ispaniyalik futbolchi o‘zini ancha yaxshi his qiladi. O‘tgan mavsumda “PSJ”ga qarshi bahsda Asensio juda havfli futbolchiga aylangandi.

Markaziy hujumchi ampluasida harakat qilsada, Karim Benzema juda yuvosh hujumchiga aylanib qoldi. U Edinson Kavani yoki Robert Levandovski kabi tajovuzkor emas. U madridliklarning hujum chizig‘idagi vazifasi – Ronaldu yoki Beylning ishini osonlashtirishdan iborat bo‘ldi. Endi Ronaldu ketgach uni an’anaviy to‘qqizlikka aylanishi uchun vaqt kerak bo‘ladi, eng yomoni u buni uddalay olishini hech kim kafolatlay olmaydi.

“Real” uchun ushbu transfer bozorida boshqa bir kuchli hujumchini olish juda qiyin masala. Shu sababli Lopetegi qo‘l ostida bor bo‘lgan futbolchilar bilan ishlashda davom etishi ehtimoli yuqori.

Zidan ham o‘tgan mavsumda Benzema va Ronalduning ortida Iskoni o‘ynatgan edi. Yangi murabbiy ham Zidandan qolgan tizimda o‘ynashda davom etsa kerak. Madridliklar bu tizimni kuchaytirish maqsadida “Chelsi” etakchisi Azarni olib kelishi haqiqatga yaqin. Mundialning bronza medali sohibi “Stemford Bridj”dan ketish vaqti kelganini barchaga ma’lum qildi.

Belgiya sardori Chempionlar Ligasini yutish dardida yuribdi. Hozirgi “Chelsi” bilan bunga hech qachon erisha olmaydi. “Real”dan esa tez-tez taklif tushavermaydi. Shu sababli ham Azar “baht qushi”ni qo‘yib yuborish niyatida emas.

Ronaldu ketgach, ko‘pchilik Azar timsolida “yangi Galaktika”ni ko‘rmoqda. Ammo u “Yuventus”ning yangi vakilini o‘rnini umuman bosa olmaydi. U besh karra “Oltin to‘p” egasining gollarini, shaxsiyatini, ruxiyatini to‘ldira olmaydi. Madridliklar agarda Azarni olib kelishning uddasidan chiqsa, shunchaki yangi uslubda harakat qila boshlaydi.

U tarkibda ko‘pfunktsionallikni ta’minlay oladi. Kerak bo‘lsa, hujumda harakat qiladi. Braziliyaga qarshi o‘yinda bo‘lganidek, hujumdan ancha orqada harakat qilishi mumkin.

Azar Madridga ko‘chib o‘tishi yoki o‘tmasligidan qat’iy nazar “Real” yillik 50 goldan mahrum bo‘ladi. Belgiyalik iqtidor kelishi esa yangi mavsumdan umuman boshqacha “Real”ni ko‘rishimizga sababchi bo‘ladi, xolos.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
testuserforapple
24/07/2018 11:02
Роналду кетгач, кўпчилик Азар тимсолида “янги Галактика”ни кўрмоқда.
Умуман керакмас Азар. Бошқа вариантлар йўқ бўлгани учун танлаши мумкин фақат
&
24/07/2018 12:00
Зидан мисолида Перес катта харидсиз хам совринлар олса буладиганини курди. Лопетеги билан хам шундай эксперимент килмокчи булиши мумкин
Tahlilchi
24/07/2018 13:06
Яхши фикр хмасда бу, беш қўл баравар эмаску
&
darwesh
24/07/2018 13:08
Беш бармоқ баравар эмас, лекин одамларда беш бармоқни огизга тиқиши бор-да