Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Azizbek Abdug‘ofurov raqibini er tishlatdi

Shahobiddin
Izohlar: 0

Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida tashkil etilgan boks bo‘yicha professional janglar o‘z yakuniga etdi.

Boks oqshomining so‘nggi va asosiy qarama-qarshiligida engilmas bokschimiz Azizbek Abdug‘ofurov faoliyatidagi 11-jangini chempionlik kamari uchun o‘tkazdi.

WBC Silver kamari uchun o‘tgan jangda unga rossiyalik tajribali bokschi Dmitriy Chudinov (21-2-2, KO13) raqiblik qildi.

12 raund qilib belgilangan jangda omad hamyurtimizga kulib boqdi.

Eslatib o‘tamiz, Azizbek bu jangga qadar professional ringda 10 ta jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. Shulardan 3 tasida muddatidan oldin zafar quchgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q