Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

BBC triosining mashinalari MSNnikidan qimmatroq

Izohlar: 0

Ispaniyaning mashxur Marca nashri jurnalistlari dunyodagi eng kuchli hujum triolari hisoblangan “Barselona” va “Real” futbolchilarining umumiy avtomobillari soni va ularga to‘lanadigan yillik sug‘urta narxlarini hisoblab chiqishdi. Ma’lum bo‘lishicha BBC (Beyl-Benzema-Ronaldu) triosining mashinalari va unga to‘lanadigan sug‘urta badallari MSN (Messi-Suares-Neymar)nikidan qimmatroq.

Aniqrog‘i, BBCning barcha avtomobillari narxi umumiy hisobda 15 million evroni, ularga yillik sug‘urta to‘lovi esa 290 ming evroni tashkil etadi. MSN triosi esa barcha avtomobillari uchun bor yo‘g‘i yillik 90 ming evro sug‘urta to‘lovini amalga oshiradi.

Quyida dunyodagi eng kuchli hujum chizig‘i vakillarining “toychoqlari” bilan tanishib qichishingiz mumkin.

Krishtianu Ronaldu: Bugatti Veyron, Koenigsegg CCX, McLaren MP4-12C, Ferrari, Mercedes, Porshce, Rolls Royce va Audi RS 6.

Karim Benzema: Audi RS 6, Bugatti Veyron, Ferrari 458 Spider, 599 GTO, Berlinetta F12, Lamborghini Aventador, Mercedes, Rolls Royce Phantom.

Garet Beyl: Audi Q7, Mercedes G Class, Range Rover va oilaviy SUV Sports avtomobili.

Neymar garajida 10tadan kam bo‘lmagan avtomobilni saqlaydi va ular uchun yiliga 35 ming evro sug‘urta badali to‘laydi.

Lionel Messi: Q7 Audi, Lexus LX 570, Range Rover Evoque va Audi Q5.

Luis Suares: Cadillac Escalade, Black Edition BMW X5, Range Rover Evoque, Audi Q5 va Audi Q7.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q