Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

"Barkamol avlod"da grossmeyster peshqadam

Izohlar: 0

Jizzax viloyatida o‘tkazilayotgan “Barkamol avlod 2017” musobaqasida shaxmat bo‘yicha 4-tur o‘z yakuniga etdi.

Natijalarga ko‘ra, o‘smir qizlar o‘rtasida farg‘onalik Gulruxbegim Toxirjonova, qoraqalpog‘istonlik Maksim O‘razmuhammedova, navoiylik Marjona O‘ktamova, jizzaxlik Maxliyo Xakimova, Toshkent viloyatidan Shaxzoda Shermuxammedova, surxandaryolik Surayyo Mamanova, andijonlik Maxliyo Xoshimoxunova kabi ishtirokchilar 4-turda o‘z raqiblaridan ustun kelib, yana 1 ochkodan jamlashga erishishdi.

Hozircha Gulruxbegim Toxirjonovada 4 ochko, Bahora Abdusattorova, Maksim O‘razmuhammedova, Marjona O‘ktamova, Maxliyo Xakimovalarda 3 ochkodan, Ozoda Rabbimova, Iroda Muhammadjonova, Shaxzoda Shermuhameddova, Surayyo Mamanovalarda 2 ochkodan jamg‘ardi. 

Yulduz Ramazonova, Shahnoza Abdurahmonova,Malohat Hayitboeva, Maxliyo Xoshimoxunovalarda esa 1 ochkolari mavjud.

Ularga omad tilagan holda, natijani kuzatishda davom etamiz.

                                                                                                            Irodabonu AVVALBOEVA

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q