Behruz Evropa vakilini tiz cho‘ktirdi

  • 21.11.2016 20:50
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 20-jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Behruz Rahmonov navbatdagi g‘alabasini nishonladi. 

Vazni 64 kilogramm bo‘lgan bokschilar musobaqasida qatnashayotgan hamyurtimiz dastlabki uchrashuvda ozarbayjonlik Baxtiyor Gaziboevni mag‘lubiyatga uchratgan Behruz navbatdagi jangda moldovalik Egor Bejenaru bilan bellashdi. 

Ushbu bahs to‘liq o‘zbek bokschisi ustunligida o‘tdi va hamyurtimiz 5:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. 

Behruz Rahmonov keyingi jangini Dominikan Respublikasi vakili Roxan Polanko Emilianoga qarshi o‘tkazadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!