Bekzod Abdurahmonov - Osiyo chempioni
9-14 may kunlari Delida Sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chemptonati o‘tkazilmoqda. Unda erkin va yunon-rum kurashchilarimiz to‘liq tarkib bilan ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston MOQ matbuot xizmatining xabar tarqatishicha, musobaqaning74 kg vazntoifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Bekzod Abduraxmonov Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yunon-rum kurashchilarimiz Abdullaev Mumin 130 kg. va Rustam Assakalov 98 kg. lar bronza medaliga egalik qilishgan.
Eslatib o‘tamiz Delida Osiyo chempionati yakuniga etgandan so‘ng kurashchilarimizning bir qismi IV “Islom birdamlik o‘yinlari” da ishtrok etish uchun Bokuga kelishadi.

Fikrlar