Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Dahshatli summa! "Bavariya" Maykl Olise narxini "Real"ga aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Buncha to‘lash imkonsiz

Myunxenning "Bavariya" klubi fransuz hujumchisi Maykl Olise bo‘yicha o‘z pozitsiyasini aniq belgiladi. 

Madridning "Real" jamoasi tomonidan qiziqish saqlanayotganiga qaramay, nemis grandi futbolchini faqat juda yuqori miqdordagi taklif evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. 

Bu haqida Ispaniyaning Diario AS nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Bavariya" rahbariyati 24 yoshli vingerni sotishga faqat bitta shart bilan rozi: klub uning transferi uchun kamida 200 million, ko‘pi bilan 300 million yevro atrofida kompensatsiya olishni ko‘zlamoqda.

Ma’lum qilinishicha, Maykl Olisening myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Shu bois "Bavariya" hozircha uning ketishiga shoshilmayapti va futbolchini jamoaning uzoq muddatli loyihasida muhim figura sifatida ko‘rmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q