Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

Besh mamlakat grossmeysterlari Qarshida kuch sinashadi

Izohlar: 0
Qarshi shahrida Ismat Shukurov xotirasiga bag‘ishlangan "QARSHI OPEN - 2017" xalqaro turniri start olmoqda.

Ushbu musobaqaning "A" guruhida mamlakatimizning etakchi shaxmatchilari bilan bir qatorda Rossiya, AQSh, Belarus va Qozog‘istondan kelgan tajribali grossmeysterlar g‘oliblik uchun kuch sinashadi.

"B" guruhida esa asosan iqtidorli yosh shaxmatchilar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.

"QARSHI OPEN - 2017" xalqaro turniri doirasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda shaxmatning rivojlanishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov yosh shaxmatchilar uchun shaxmat seansi o‘tkazdi.

Musobaqa natijalari bilan SPORTS.uz axborot portalida tanishib boring.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q