Beyl «Real»ning yangi yulduzimi?

  • 27 avgust, 2018, 11:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu yozda «Yuventus»ga o‘tib ketganidan keyin madridliklar o‘zlariga yangi super-yulduz qidirish bilan ovora. Ehtimol ular uni uzoqdan qidirib yurmasdan o‘z ichidan qidirib ko‘rar? Masalan so‘nggi turlar qahramoni bo‘layotgan Garet Beyl bu maqomga mos tushar...

Tecno

100 million evrolik futbolchi

2013-yilda uelslik futbolchi «qaymoqranglilar» safiga 100 million evroga ko‘chib o‘tganida uning transfer bahosi 100 million evroni tashkil qilgandi. O‘shanda u 2009-yilda Ispaniya poytaxtiga ko‘chib o‘tgan portugaliyalik sobiq jamoadoshi Ronalduning 94 million evrolik rekordini yangilab dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylangandi.

Shu vaqtgacha besh karra «Oltin to‘p» sohibining soyasida bo‘lib kelgan Beylga yo‘l ochilar. «Tottenxem»ning sobiq vakili bayroqni o‘z qo‘liga olishi mumkin. Mavsum boshidan beri chiroqlar 11-raqam egasiga qaratilmoqda. U La Liganing 1-turida «Xetafe»ga qarshi uchrashuvda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U o‘sha bellashuvda bir gol va golli uzatmani amalga oshirdi. U shuningdek «Atletiko»ga qarshi Evropa Superkubogida ham samarali harakat qilgandi. Aynan uning sa’yi-harakatlari evaziga Benzema gol urgandi.

Lopetegining o‘yin tizimida X faktor

Ispaniyalik murabbiyning «Real Madrid»da ko‘rsatadigan o‘yin uslubi o‘z uchqunlarini ko‘rsatmoqda. Qarshi hujumda o‘ynashga odatlangan uslubda u ko‘p vaqtini hujumda o‘tkazadigan jamoa shakllantirishga o‘tdi. Bunday uslubda Isko, Modrich va Krooslar qisqa paslar uzatishi bilan muhim futbolchilarga aylanishadi. Zero aynan ular to‘pga egalik qilishga asoslangan futbolga juda mos. Garet Beyl esa o‘zining tezligi, jismoniy kuchi va hujumdagi tajovuzkorligi evaziga jamoasiga yangi variantlar taqdim qilishi mumkin. So‘nggi yillarda Benzema – Ronaldu juftligi kabi frantsiyalik sherigi bilan bu vazifani bajarishga kirishishi mumkin.

Katta farq shuki, Beyl raqib himoyachilarini o‘zi bilan birga olib yurishi mumkin. Yoshi o‘tgan sayin Ronaldu ko‘proq raqib jarima maydonchasida o‘ynaydigan bo‘lgandi. Beyl ham bu pozitsiyada o‘ynay oladi. Biroq bir muammo bor. Uning jismoniy mo‘rtligi barcha rejalarni chilparchin qilishi mumkin.

29 yoshli Beyl brendi hamon trendda turibdi. U reklamadan katta foyda keltiruvchi – Ronaldu, Messi va Neymarlardan keyin to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Ular qariyb 40 million evroga baholangan. «Manchester Yunayted»ga yozda ko‘chib o‘tishi kutilgan Beyl transfer bozorida 100 million evrodan kam baholanmagan.

Sport nuqtai nazaridan Beyl 2016-17-yilgi mavsumdan o‘z brendini qayta tiklab olgan. Uning Chempionlar Ligasi finalidagi hal qiluvchi ikki goli va mavsum davomida urgan 21 goli buning isboti.

Ronaldudek noodatiy, Ramosdek "kamtar" bo‘lmasada Beyl OAV uchun ideal mijoz emas. Azar, Mbappe yoki Neymarlarning jamoaga kelish ehtimoli pastligi tufayli Florentino Peres klubning yangi yulduzi sifatida aynan Beylni tanlasa ajablanmaslik kerak.

 

                                                                                                                   Erkinjon G‘aybullaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!