Bokschi qizlar Buxoroda kuch sinashadi
Buxoro shahrida boks bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida "Navro‘z" xalqaro turniri boshlanmoqda.
O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan tashqil etilgan ushbu musobaqa mamlakatda sportning boks turini yanada ommalashtirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va sportchilarning tajribasini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
15-20 mart kunlari o‘tkaziladigan turnirda mamlakatimiz bokschi qizlari bilan bir qatorda xorijdan kelgan sportchilar o‘nta vazn toifasida g‘oliblik uchun ringga chiqadi.

Izohlar (0)