Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Boku-2017: Abdulhaydan oltin medal kutamiz

Izohlar: 0

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan Islom birdamlik o‘yinlari dasturidan joy olgan boks musobaqasida 56 kilogramm vazn toifasida ringga chiqayotgan hamyurtimiz Abdulhay Shorahmatov yarim finalga chiqdi.

Iste’dodli bokschimiz yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘lgan jangda Turkiya vakili Seljuk Eker bilan raqobatlashdi va raqibini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi o‘zbek bokschisi finalga chiqish uchun mezbonlar vakili Tayfur Aliev bilan raqobatlashadi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q