Boku-2017: Oltin o‘rniga bronza

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Islom Birdamlik o‘yinlarida erkin kurashchilarimizdan muxlislar oltin medal kutmoqda.

 

Xususan, 74 kilogramm vazn toifasida o‘tkazilgan bahslarda Osiyo chempioni Bekzod Abdurahmonovdan umid katta edi. Tajribali polvonimiz garchi finalga chiqolmagan bo‘lsa-da, bronza medalga o‘tkazilgan bahsda turkmanistonlik D.Orazgalievni engib, uchinchi o‘rinni egalladi.

Nodirbek Safarov ham final ostanasida to‘xtadi va bronza medal uchun kurashga qo‘shildi. Hamyurtimiz so‘nggi bellashuvda eronlik Sarmastidijaziy ustidan zafar quchib, bronza medalni o‘ziniki qildi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!