Boku-2017: Tennischilardan bir juft medal

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bokuda davom etayotgan Islom birdamlik o‘yinlarining tennis musobaqasida erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida jamoaviy bellashuvlari yakunlandi.

 

Tajribali tennischimiz Sabina Sharipova, Polina Merenkova va Kamola Umarovadan tarkib topgan terma jamoamiz finalgacha bo‘lgan uchrashuvlarning barchasida zafar quchdi.

So‘nggi bahsda turkiyalik tennischilardan mag‘lubiyatga uchragan hamyurtlarimiz kumush medalga ega bo‘ldi.

Sergey Fomin, Amal Sultonbekov va Saida’lo Saidkarimovdan tarkib topgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Tennischilarimiz endi yakkalik bellashuvlarida ishtirok etadi. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!