Boku-2017: Tennischilarimizni to‘xtatadigani yo‘q
Islom Birdamlik o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi tennis bellashuvlarining yakkalik bahslarida qatnashayotgan har ikki tennischimiz tobora medallarga yaqinlashmoqda.
Saida’lo Saidkarimov ikkinchi uchrashuv saudiyalik S.Al-Haqbaniyni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi.
Sergey Fomin esa ikkinchi davrada turkmanistonlik E.Rogusskiydan 6:2, 6:2 hisobida ustun kelib, yarim final uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi.
Izohlar (0)