Botirsher superjang bo‘ladigan kechada ringga chiqadi
19 noyabr kuni AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida rossiyalik Sergey Kovalyov va amerikalik Andre Uord yarim og‘ir vaznda WBA (Super), WBO hamda IBF yo‘nalishlari chempionlik kamari uchun jang qiladi.
T-Mobile Arena majmuasida bo‘ladigan professional boks kechasini millionlab boks muxlislari va mutaxassislar kuzatib boradi. Ushbu kechada o‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchisi Botirsher Obidov ham jang o‘tkazadi.
Professional bokschi sifatida sakkizinchi jangini o‘tkazayotgan hamyurtimizning bu galgi raqibi rossiyalik engilmas bokschi Bahrom Murtazaliev bo‘ladi. Ikki yildan buyon professional boks janglarida qatnashayotgan Bahrom olti jangdan to‘rttasida raqibilarini nokaut qilgan.
O‘tgan yildan beri professional boksda qatnashayotgan Botirsher Obidov esa oltita g‘alaba (ikkita nokaut) va bitta durang qayd etgan.
Botirsher va Bahrom o‘rtasidagi jang sakktz raund qilib belgilangan.
Bo‘lajak muhim jangda o‘zbek bokschisiga omad tilaymiz!



Fikrlar