Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Bugun Fazliddin G‘oibnazarov AQShda jang qiladi

Izohlar: 0

Professional boksdagi faoliyatini ajoyib nokaut bilan boshlagan Olimpiya o‘yinlari chempioni Fazliddin G‘oibnazarov bugun ikkinchi jangini o‘tkazadi.

AQShning Nyu-York shahridagi olamga mashg‘ur "Madison Square Garden" majmuasida tashkil etilidigan professional boks kechasida Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik Agustin Mauras bilan kuch sinashadi.

Agustin Mauras professional janglarda 2011 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. U hozirgacha oltita g‘alaba, uchta nokaut, ikkita mag‘lubiyat va uchta durang qayd etgan.

Fazliddin mezbon bokschiga qarshi sakkiz raundlik reyting jangini o‘tkazadi.

SPORTS.uz axborot portali tajribali bokschimizga g‘alaba tilaydi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q