Bugun ikki bokschimiz Moskvada ringga chiqadi
Moskvada tashkil etiladigan professional boks kechasida 13 ta jang o‘tkaziladi. Shulardan ikkitasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari reyting janglarini o‘tkazadi.
Hamyurtimiz Muhriddin Abdullaev debyut jangini o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda. U dastlabki uchrashuvida rossiyalik Sergey Dudinskiy bilan raqobatlashadi. Raqib professional ringdagi yagona uchrashuvini 2011 yilda Germaniyada o‘tkazib, g‘alabaga erishgan. Sergey shundan so‘ng ringga chiqamagan.
Muhriddin va Sergey o‘rtasidagi jang to‘rt raund qilib belgilangan.
Yana bir hamyurtimiz Izzat Ibrohimov faoliyatidagi 15 jangini o‘tkazadi. U rossiyalik bokschi Imam Batsaev bilan bellashadi.
Izzat shu kunga qadar atigi ikki marotaba g‘alabaga erishgan va qolgan janglarda mag‘lubiyatini tan olgan. Uning raqibi ikkita jangda bittadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan.
Omadi chopmayotgan bu bokschilar olti raundlik reyting jangida kuch sinashadi.

Fikrlar