Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Burgos sensatsiyadan charchamayapti

Izohlar: 0

Ekvadorning Kito shahrida o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda Dominikan Respublikasi vakili Viktor Estrelya-Burgos saralangan tennischilarni ketma-ket musobaqadan chiqarib yubormoqda. Bu tennischi shiddatli o‘yinlari bilan muxlisu mutaxassislar e’tiboriga tushdi.

Yarim final uchrashuvida Viktor Estrelya-Burgos to‘rtinchi raqamda saralangan braziliyalik Tomas Belluchchi bilan kuch sinashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda dominikanlik tennischi 7:6, 7:6 hisobida zafar quchdi.

Viktor Estrelya-Burgosning finaldagi raqibi italiyalik Paolo Lorentsi va ispaniyalik Albert Ramos o‘rtasidagi bahsda aniqlandi. Unda italiyalik tennischi 6:1, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q