Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Chempion kamarini saqlab qoldi

Izohlar: 0
Shotlandiyada tashkil etilgan professional boks kechasida WBO yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta vazn chempioni Billi Jo Sonders o‘z kamarini rossiyalik Artur Akavovdan muvaffaqiyatli himoya qildi.
Sonders bu kamarini o‘tgan yili dekabr oyida irlandiyalik Endi Liga qarshi o‘kazilgan jangda qo‘lga kiritgan edi. Endi Li esa bu sovrinni rossiyalik Matvey Korobovdan tortib olgandi.
Rossiya boks maktabi tarbiyalanuvchisi Artur Akavov chempionlik kamarini yana o‘z yurtiga taqdim etmoqchi edi. Biroq 12 raundlik jang mezbon bokschi ustunligida o‘tdi. Natijada hakamlar 116-113, 116-112, 115-113 hisobida Billi Jo Sonders g‘alabasini qayd etdi.
Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q