Ching-Kuo Vu AIBA prezidentligi lavozimini tark etmaydi
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti Ching-Kuo Vu o‘z xohishiga ko‘ra, iste’foga chiqishi haqida xabarlarni inkor etdi. Bu haqda u AIBAning 24-25 iyul kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma’lum qilgan.
Avvalroq ijroqo‘mning 13 a’zosi tashkilot boshlig‘iga ishonchsizlik bildirgan. Bunga tashkilotning moliyaviy muammolarini sabab qilib ko‘rsatilgan.
Ching-Kuo Vu AIBA prezidentligi lavozimini 2006 yili pakistonlik Anvar Choudridan qabul qilib olgan. 2014 yil noyabrda Ching-Kuo Vu muqobillik asosida uchinchi marta prezidentlikka qayta saylangan. 2012 yildan beri xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ijroiya qo‘mitasida a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar