Denis Istomin finalga chiqdi
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Osiyo-Tinch okeani mintaqasi tennischilari uchun Avstraliya ochiq chempionatiga yo‘llanma beradigan saralash bahslarida ishtirok etmoqda.
Denis Istomin ushbu turnirning yarim finalida hindistonlik tennischi pley-offida Pradjnesh Gunnesvaran bilen kuch sinashib, keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda 6:2, 1:6, 11:9 hisobida ustun keldi.
Ikkinchi yarim finalda Janubiy Koreya vakili Dak Xi Li xitoylik tennischi U Di ustidan 6:2, 5:7, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Endi Denis Istomin va Dak Xi Li "Katta Dubulg‘a" turkumidagi birinchi musobaqa - Avstraliya ochiq chempionati yo‘llanmasi uchun o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.


Izohlar (0)