Denis Istomindan ajoyib g‘alaba
Zohir2018
Denis Istomni g‘alaba qozondi, endi navbat Jo‘rabek Karimovga
Qozog‘istonning Olmaota shahrida tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning ilk davrasida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin g‘alaba qozondi.
Sovrin jamg‘armasi 50.000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada Denis portugaliyalik Frederiko Silvaga qarshi kortga chiqib, 6:3, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi
Eslatib o‘tamiz, ertaga iste’dodli tennischimiz Jo‘rabek Karimov portugaliyalik Gonsalo Oliveyro bilan raqobatlashadi.


Izohlar (0)