Devis Kubogi: Istomin g‘alaba qozondi, Fayziev mag‘lub bo‘ldi
Bugun tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionati hisoblarngan Devis kubogi Osiyo/Okeaniya sararlash bosqichi “I” guruhi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaning Kimchon shahrida Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi kortga tushdi.
Kunning dastlabki bahsida mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Dak Xi Li bilan to‘qnash kelgan bo‘lsa, ikkinchi uchvrashuvda Sherzod Fayziev koreyaliklarning birinchi raqamli raketkasi Xyon Chunga qarshi kortga tushdi.

Xususan, Istomin ilk o‘yinda koreyalik raqibini 4:6, 6:2, 7:6 va 6:4 natijasi bilan mag‘lub etgan bo‘lsa, Fayziev 4:6, 4:6, 7:6, 6:4 va 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Qayd etish lozim, ertaga Istomin/Fayziev juftligi Xyon Chun/Yon-Kyu Lim jufligiga qarshi bah olib boradi.

Izohlar (0)