
"Devis kubogi". Bugun hammasi hal bo‘ladi
«Devis kubogi»ning pley-off bosqichi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Buyuk Britaniyaga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazmoqda.
14 sentyabr kuni dastlabki bahslar o‘tkazilgan va birinchi kun yakunlariga ko‘ra 1:1 hisobi qayd etilgandi. Kecha musobaqada juftlik bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Denis Istomin va Sanjar Fayziev mezbon tennischilar Jeymi Marrey va Daniel Inglotdan tashkil topgan juftlikka qarshi o‘yin o‘tkazdi. 2 soat 57 daqiqa davom etgan o‘yinda afsuski hamyurtlarimiz 6:4, 6:7, 2:6, 3:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo‘ydilar. Shu tariqa Buyuk Britaniya – O‘zbekiston qarama-qarshiligida hisob 2:1 ko‘rinishiga keldi.
Endi bugun yakkalik bahslari doirasida Denis Istomin va Jo‘rabek Karimov kortga chiqadi. Denis Istomin Kemeron Norriga qarshi o‘yin o‘tkazsa, Jo‘rabek Karimov Dani Evansga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar