Devis kubogi: O‘zbekistonning keyingi raqibi aniqlandi
Tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis kubogi birinchi guruh Osiyo/Okeaniya saralash bosqichida Janubiy Koreyani mag‘lubiyatga uchratgan O‘zbekiston terma jamoasining keyingi raqibi Yangi Zelandiya va Hindiston tennischilarining o‘zaro bahsida aniqlandi.
Yangi Zelandiya mezbonlik qilgan uchrashuvda hindistonliklar raqib ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi. Musobaqaning birinchi kunida Yuki Bhambri Fin Terneyni 6:4, 6:4, 6:3, Ramkumar Ramanatan Joze Statxemni 6:3, 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Ikkinchi kunga belgilangan juftlik bahslarida mezbonlar sharafini himoya qilgan Artyom Sitak va Maykl Venus raqiblari - Leander Paes va Vishnu Vardxanni 3:6, 6:3,7:6, 6:3 hisobida engib, umumiy hisobni qisqartirdi - 1:2.
Uchrashuvning so‘nggi kuni esa Yuki Bxambri va Ramkumar Ramanatan yakkalik bashlarida g‘olib chiqdi va terma jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston tennischilariga qarshi uchrashuvni 7-9 aprel kunlari safarda o‘tkazadi.

Fikrlar