Dubaydagi "o‘zbek derbi"sida Sabina g‘alaba qozondi
Birlashgan Arab Amirliklarida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning eng qiziqarli uchrashuvi O‘zbekistonning ikki etakchi tennischisi - Nigina Abduraimova va Sabina Sharipova o‘rtasida bo‘ldi.
Bir soatu yigirma daqiqa davom etgan uchrashuvda Sabina Sharipova ustunlik qildi. Ushbu bahsda Nigina harchand harakat qilmasin ayni paytda raqibasining imkoniyatlari yuqori ekani namoyon bo‘ldi. O‘yinda 6:4, 6:3 hisobida zafar quchgan Sabina Sharipova mamlakatimizning ayollar o‘rtasida eng kuchli tennischisi ekanini isbotladi.
Umuman olgan Sabina va Nigina o‘zaro besh marotaba kuchi sinashgan va shulardan to‘rttasida Sabinaning qo‘li baland kelgan.
Sabina Sharipova turnirning juftlik bellashuvlarida ukrainalik Anastasiya Vasileva bilan hamkorlikda ruminiyalik Kristina Dinu va sloveniyalik Tadeya Mayerichni 6:4, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.


Izohlar (0)