Dzyudochi qizlarimiz raqiblarga "non bermadi"
O‘g‘il bolalar bellashuvida 55 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan Xurshidbek Abdusaidov eronlik Mustafo Riyaxifar, tojikistonlik Umid Asmatullobekov, mo‘g‘ulistonlik Suxbat Byambasurenni mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida boshlangan kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kungi bellashuvlari natijasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik yosh polvonlar umumjamoa hisobida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Yana ikki oltin medal dzyudochi qizlarimiz hisobiga yozildi. O‘z vazn toifasida barcha raqibalaridan ustun kelgan Sita Qadamboeva hamda Halima Qurbonova shahsupaning eng qyuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Shuningdek, Yulyana Maksetboeva kumush, Nilufar Ermagambetova, Shukurjon Aminova, Zafarbek O‘rmonaliev bronza medalga loyiq topildi.

Fikrlar