Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Ejeni Bushar va Nik Kirgios sudga boradi

Izohlar: 0

Kanadalik tennischi Ejeni Bushar AQSh tennis assotsiatsiyasi ustidan sudga da’vo arizasini bergan edi.

Bunga sabab, 2015 yili “US Open” musobaqasi o‘tayotganda Ejeni fizioterapiya xonasiga kiradi. U xonada yiqiladi va miyasi chayqalib, jarohatlanadi. Bu voqeadan so‘ng kanadalik tennischi mavsumni erta yakunlaydi. Oradan biroz vaqt o‘tgach AQSh tennis assotsiatsiyasidan ta’von puli undirish uchun sudga da’vo arizasini yozadi.

Assotsiatsiya rahbarlarining so‘zlariga ko‘rsa, Bushar fizioterapiya xonasi ishlamayotganini bilgan, shu sababli ham uning jarohat olishida ularning aybi yo‘q ekanligini ta’kidlashmoqda.

Mazkur voqea yuzasidan sud ishi 2018 yilning fevral oyida o‘tkazilishi kutilmoqda. Va unda avstraliyalik Nik Kirgios guvoh sifatida ishtirok etadi.

Sports.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q