Elize Mertens ikkinchi davrada raqibini kutmoqda
Zohir2018
Elize Mertens barcha ishni to‘g‘ri bajardi
Belgiyalik Elize Mertens Avstraliya ochiq chempionatining birinchi davrasida slovakiyalik Anna Shmidlovaga qarshi kortga chiqdi.
Ular o‘rtasida uchrashuv Melburn shahrida o‘tdi. Unda Elize mavsumni yuqori saviyada boshlagan Annani 6:2, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Mertens chempionatning ikkinchi davrasida rossiyalik Margarita Gasparyan, yoki xitoylik Chju Lin bilan raqobatlashadi.


Izohlar (0)