Eng iste’dodli dzyudochilar o‘zaro kuch sinashadi
Joriy yilning 4-7 aprel kunlari Chirchiq shahrida dzyudo bo‘yicha 1997-1998 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi zaxirasini shakllantirish va iste’dodli sportchilarni saralab olish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan yuz nafardan ziyod iste’dodli dzyudochilar g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Musobaqa ishtirokchilari jami 16 ta medallar jamlanmasi uchun tatamiga chiqadi.
O‘zbekiston chempionatida mahoratini namoyish etib, sovrinli o‘rinlarni egallagan dzyudochilar joriy mavsumda xalqaro miqyosda tashkil etiladigan musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladi.


Izohlar (0)