
FIFA klublarga yangi ta’qiqni joriy etmoqchi
FIFA klublarning futbolchilarni ijaraga berish sonini kamaytirmoqchi.
Xalqaro futbol tashkilotining rejasiga ko‘ra klublar ko‘pi bilan 8 nafar futbolchisini ijaraga berishlari mumkin. Bundan tashqari bir klubdan boshqa bir klubga ko‘pi bilan 3-4 nafardan ortiq futblchi ijaraga berilmaydi.
Ushbu tartib jamoaning 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari uchun iste’sno qilinishi mumkin.
Agar ushbu qonun kuchga kirsa, u holda hammadan ko‘proq “Chelsi” va “Yuventus” zarar ko‘radi. Chunki, ushbu jamoalar har yili 40dan ortiq futbolchilarini ijaraga berib yuborishadi.
Fikrlar