
Federer Uimbldonda rekord o‘rnatdi
35 yoshli shveytsariyalik tennischi Rodjer Federer “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining ilk davrasida bugun Aleksandr Dolgopolovga qarshi kortga chiqdi. Ilk setda 6:3 hisobida g‘alaba qozongan Federer ikkinchi setda 3:0 hisobida oldinda borayotgan bir pallada, raqib o‘yinni davom ettira olmasligini ma’lum qildi va Federer ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Uimbldonda sakkiz bor g‘olib chiqqan Federer uchun bugungi g‘alaba, mazkur turnirda qo‘lga kiritilgan 84-g‘alaba bo‘ldi va bu borada rekordchiga aylandi.
“Katta dubulg‘a” turkumidan o‘rin olgan musobaqalarda 18 bor g‘oliblikni qo‘lga kiritgan raketka ustasi bu borada Jimmi Konnorsni ortda qoldirdi.
Fikrlar