Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Federer yil davomida 64 mln daromad qildi

Izohlar: 0

Shveytsariyalik tennischi Rodjer Federer ketma-ket 12-yildirki, jahonning eng serdaromad tennischiga aylandi. Federer mavsum boshini o‘tkazib yuborgan bo‘lsada, so‘nggi 12 oy ichida 64 mln dollar daromad qildi.

Ushbu summaning katta qismini u Wilson, Credit Suisse, Mercedes, Rolex, Lindt, Jura, Moet & Chandon, Sunrise, NetJets va Nike

kabi kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalar tufayli qo‘lga kiritgan.

Jumladan, Barilla pastalari bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, jahonning ikkinchi  raketkasi sanalgan Federer ushbu kelishuvga ko‘ra, yiliga 8 mln dollar oladi.

Qolgan daromadlarni esa tennisdagi  ishtiroklari bilan qo‘lga kiritgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q