Federer yurishni boshladi
Birlashgan Arab Amirliklarida boshlangan "Dubai Duty Free Tennis Championships - 2017" turnirida dunyoning eng kuchli tennischilari ham g‘oliblik uchun kurashmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 2858530 AQSh dollari bo‘lgan musobaqani mashhur tennischi Rojer Federer ham g‘alaba bilan boshladi.

Birinchi davraning dastlabki uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:
Marsel Granolers (Ispaniya) — Irji Veseli (Chexiya) 6:3 6:2
Filipp Kolshrayber (Germaniya) — Jil Myuller (Lyuksemburg, 8) 6:4 7:6
Gilermo Garsiya-Lopes (Ispaniya) — Viktor Troitski (Serbiya) 6:4 6:3
Roberto Bautista-Agut (Ispaniya, 6/WC) — Karen Xachanov (Rossiya) 6:1 7:6
Rojer Federer (Shveytsariya, 3) — Benua Per (Frantsiya) 6:1 6:3
Gael Monfis (Frantsiya, 4) — Muhammad Safvat (Misr, WC) 6:4 6:3

Fikrlar