Federiko Delbonisning ketmoni "uchdi"
Bashtad shahrida o‘tayotgan "SkiStar Swedish Open" turnirida ikkinchi davra bahslari keskin hamda murosasiz uchrashuvlarga boy o‘tmoqda.
Professional tennischilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan sovrin jamg‘armasi 561.345 evro bo‘lgan musobaqaning chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda argentinalik Federiko Delbonis va avstraliyalik Jon Millman o‘zaro raqobatlashdi.
Ushbu bahsda Federiko tajribali raqibini har ikkala setda bir xil 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Fikrlar