Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Ferrer Bashtaddagi turnir g‘olibi bo‘ldi

Izohlar: 0

Bugun Shvetsiyaning Bashtad shahrida ATP tasnifidan o‘rin olgan “SkiStar Swedish Openturnirining final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Sovrin uchun ukrainalik Aleksandr Dolgopolov va ispaniyalik David Ferrer o‘zaro bahs olib borishdi. 1 soat 26 daqiqa davom etgan uchrashuvda jahonning sakkizinchi raketkasi bo‘lgan Ferrer 6:4, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Sovrin jamg‘armasi 540 310 evroni tashkil etuvchi ushbu turnirda g‘alaba qozongan Ferrer faoliyatidagi 27 sovrinini qo‘lga kiritdi.

David Ferrer (Ispaniya) – Aleksandr Dolgopolov (Ukraina)  6:4, 6:4.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q