Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Feruzbek kuchini ko‘rsatdi

Izohlar: 0

Rossiyada o‘tkazilgan professional boks kechasida O‘zbekiston vakili Feruzbek Yo‘ldoshev navbatdagi g‘alabasini nishonladi.

Professional ringdagi sakkizinchi jangini o‘tkazgan hamyurtimiz rossiyalik bokschi Musaib Asadov bilan raqobatlashdi. To‘rt raund qilib belgilangan bellashuv Feruzbekning to‘liq uchtunligida o‘tdi.

Uchrashuvda zarbalar hisob-kitobi bilan shug‘ullangan hakamlarning barchasi bir ovozdan o‘zbekistonlik bokschining ochkolar hisobidagi g‘alabasini e’lon qildi. Feruzbek Yo‘ldoshev faoliyatidagi ettinchi g‘alabasini nishonladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q