Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Gamburg-2017: Iqboljon Xoldorov ham JCh finalida

Izohlar: 0

Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbek bokschilarining 6 nafari yarim finalga etib kelgan edi.

Vakillarimiz ishtirokidagi ikkinchi qarama-qarshilikda umidli bokschilarimizdan biri Iqboljon Xoldorov (64 kg) yarim final jangida AQSh vakili Freudis Roxas bilan kuch sinashdi.

Murosasiz va qiziqarli o‘tgan bellashuvda Iqboljon raqibiga o‘zining chaqqon harakatlari bilan  bir qancha og‘ir zarbalarni "taqdim etdi" va hakamlar xulosasiga ko‘ra 4:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Endi ushbu jang g‘olibi hal qiluvchi bahsda armanistonlik Hovhannes Bachkov va kubalik Endi Kruz Gomes juftligi g‘olibini sinovdan o‘tkazadi. Jang ertaga bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q