Gamburg-2017: Jasurbek Latipov  ham chorak finalda!

  • 28.08.2017 22:26
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Jasurbek Latipov o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazdi.

52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan vakilimiz Jasurbek Latipov ilk jangini Puerto-rikolik Yankiel Riveraga qarshi o‘tkazib, ishonchli tarzda g‘alaba bilan yakunlagan edi.

Chorak final ostonasida unga bolgariyalik Daniel Asenov raqiblik qildi. Murosasiz kechgan bellashuvda Jasurbek og‘ir bahs o‘tkazdi. 

Bahsli vaziyatlarga boy tarzda kechgan jangda bokschimi hakamlar hulosasiga ko‘ra 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jang g‘olibi keyingi bellashuvni 29 avgust kuni kechki dasturda angliyalik Nial Farrel hamda kolumbiyalik Avila Segura juftligi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.

Bugun vakillarimiz orasida so‘nggi bo‘lib ringga 81 kgda Bektemir Meliqo‘ziev ko‘tariladi. Unga rossiyalik Muslim Gadjimagomedov raqiblik qiladi. Jang soat 23:45da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!