Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Gamburg-2017: Rossiya termasi ustozi uzr so‘radi

Izohlar: 0

Kecha 8 kun davom etgan boks bo‘yicha jahon chempionati yakuniga etdi. Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilgan bu yilgi chempionatda Rossiya terma jamoasi 1999 yildan buyon ilk bor oltin medalsiz qolib ketdi.

Ushbu chempionat oldidan Rossiya terma jamoasini Eduard Kravtsov qabul qilib olgan edi. Rossiyalik mutaxassis bunday qoniqarsiz natija uchun uzr so‘radi.

“Qadrli rossiyalik boks ishqibozlari, terma jamoamizning ushbu jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz natijalari uchun sizlardan uzr so‘rayman. Bunday natijada hakamlar yoki kimlarnidir ayblamoqchi emasman.

Bu bugun yuzaga kelgan muammo emas. Bu Federatsiyamizning yillar davomida noto‘g‘ri ish olib borganligining natijasidir”, – deb yozib qoldirdi Kravtsov o‘zining “Facebook”dagi rasmiy sahifasida.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q