G‘iyosjon Boboev gollandiyalik raqibidan ustun keldi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Bugungi kun doirasidan o‘rin olgan bellashularda -73 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz G‘iyosjon Boboev gollandiyalik Sem Van Vestendega qarshi gilamga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan bahsda hamyurtimiz raqibi ustidan vazare evaziga g‘alaba qozondi va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiznning keyingi raqibi tojikistonlik Xojazoda Behruzi bo‘ladi.

Fikrlar