Golovkinning orzusi ushalmaydi
Professional boksning o‘rta vaznida barcha kamarlarni birlashtirishni istagan Gennadiy Golovkin bu orzusiga erasha olmaydigan ko‘rinadi.
WBA, IBO, WBC va IBF yo‘nalishlari chempionlik kamarini egallab turgan Gennadiy Golovkin shu yilning 17 iyul kuni Qozog‘istonda WBO chempioni Billi Jo Sonders bilan jang qilishi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Biroq, qozog‘istonlik bokschi jamoasi jangga shartnoma imzolandi degan xabarni erta va noo‘rin tarqatgani ma’lum qilindi.
- Golovkin va Sonders o‘rtasidagi jang rejada ham yo‘q, - dedi WBO prezidenti Frantsisko Varkarsel. - Ular o‘rtasida jang shartnomasi imzolangani yo‘q. Bu ikki bokschi o‘rtasidagi jang umuman bo‘lmasligi ham mumkin.
Gennadiy Golovkin britaniyalik bokschi egallab turgan WBO chempionlik kamarini qo‘lga kiritsa, o‘rta vaznning mutlaq chempioni bo‘ladi. Qozog‘istonlik bokschi aynan mana shu orzusiga erishishni o‘ylamoqda.

Izohlar (0)