Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Go‘zal Ismatova Osiyo chempioni!

Izohlar: 0

Vetnamda boks bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan Osiyo chempionatining hal qiluvchi final bahsida hamyurtimiz Go‘zal Ismatova mezbonlar vakilasiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Ti Tran Niga qarshi kechgan qarama-qarshilikda Go‘zal Ismatova to‘liq ustunligini namoyish etib, 5:0 hisobida zafar quchdi va musobaqa g‘olibasiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qit’a musobaqasida hamyurtlarimiz Yodgoroy Mirzaeva hamda E’zozaxon Melieva bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q