Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Go‘zal qizlarimizdan chiroyli g‘alabalar

Izohlar: 0

Rossiyaning Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda Kamol Umarova va Laylo Bahodirova mamlakatimiz musobaqani ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

Yakkalik bahslarida etti raqamda saralangan Kamola Umarova dastlabki bosqichda mezbonlar vakilasi Anastasiya Suxotina bilan kuch sinashib, bellashuvni 7:5, 6:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Laylo Bahodirova esa rossiyaliklarning beshinchi raqamda saralangan tennischisi Tatyana Makarovani 6:2, 6:0 hisobida dog‘da qoldirib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q