Hakamimiz jahon chempionatida ishlaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

20-27 sentyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahri dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ushbu nufuzli musobaqa sportchilarimizdan tashqari hakamlarimiz ham ishtirok etadigan bo‘ldi. 

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ta’kidlanishicha, yurtdoshimiz Ramziddin Saidov Bokuda o‘tadigan dunyo birinchiligida hakamlik qiluvchi vakillar qatoridan joy olgan. Shuningdek, Vyacheslav Pereteyko hamda Nig‘monjon Mirzarahimov kabi referilarimiz esa Osiyo o‘yinlarida dzyudo bellashuvlarida hakamlik qilishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!