Hindiston safari vakillarimizga omadli kelmoqda
9-16 yanvar kunlari Hindstonning Dehli shahrida shaxmat bo‘yicha 15th Delhi International xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. 10 turdan iborat shveytsar tizimida tashkillashtirilgan musobaqada 23 mamlakatdan kelgan 2587 nafar sportchi ishtirok etdi.
Xususan, qizg‘in tarzda kechgan erkaklar bahsida hamyurtimiz Marat Jumaev ham ishtirok etdi va 10 ta imkoniyatdan 6 g‘alaba va 4 durang natija qayd etgan holda, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan o‘rin egalladi. Shuningdek, birinchi o‘rin turnir favoritlaridan hisoblangan tojikistonlik Farrux Amonatovga nasib etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga vakilimizdan ustun kelgan mezbon jamoa vakili Gosh Diptayan band etdi.

Shu bilan birgalikda, ushbu musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahsida esa vakilamiz Gulruhbegim Tohirjonova o‘zining barchadan ustun ekanligini namoyish etdi. Hamyurtimiz 10 imkoniyatdan 4 ta g‘alaba va 5 ta durang natija qayd etib, 6,5 ochko jamg‘argan holda musobaqa g‘olibasiga aylandi.
Qayd etish joiz, oldinroq yana bir shaxmatchimiz Sarvinoz Qurbonboeva Hindistonning Mumbay shahrida o‘tkazilgan turnirda ikkinchi o‘rinni band etgan edi.


Izohlar (0)